BOG'CHA
Xususiy bog‘chalar uchun hisob tizimi

Bog‘cha daftar to‘ldirmaydi, pulni hisoblaydi

Davomat, ota-onalar to‘lovi, oshxona va mahsulotlar — bir joyda. Tarbiyachiga ertalab ikki marta bosish yetarli, qolganini tizim o‘zi hisoblaydi.

Bir oy bepul Bolalaringizni ko‘chiramiz, menyuni sozlaymiz, xodimlarni o‘qitamiz. Bir oydan keyin o‘zingiz qaror qilasiz.
Davomat 18 / 19
Ахмедов Ислом Bog‘chada Nonushta Tushlik
Каримова Севара Bog‘chada Nonushta Tushlik
Юсупов Тимур Bog‘chada Nonushta Tushlik
Karimova 10:40 da keldi — nonushta olindi, mahsulot yozilmadi

Tanish holatmi?

Ota-onalar esiga tushganda to‘laydi

O‘tgan oyning qarzi turibdi, kim qancha qarzdorligi oy oxirida qo‘lda hisoblanadi va bu suhbat har safar noqulay.

Hammaga tayyorlanadi, hamma yemaydi

Oshxona ro‘yxatdagi bolalar soniga mahsulot yozadi. 80 foizi kelsa, qolgani tayyorlanib, tashlab yuboriladi. Va har kuni shunday.

Bolani tushlikka olib kelishdi

Nonushta unga allaqachon tayyorlangan, mahsulot hisobdan chiqarilgan. Hisob-kitobda esa u to‘liq kun turadi.

Administrator jadvallar ichida yashaydi

Oyiga yigirma-o‘ttiz soat tabel, hisob va qarzdorlarga qo‘ng‘iroqqa ketadi. Bu ish haftasining yarmi.

Qanday ishlaydi

1
Tarbiyachi ertalab belgilaydi

Bitta «hammasi keldi» tugmasi, keyin kelmaganlarni olib tashlaydi. Guruhga yigirma soniya. Tarbiyachi moliyani umuman ko‘rmaydi.

2
Oshxona aniq porsiya sonini oladi

Ro‘yxat bo‘yicha emas, haqiqatda bog‘chada bo‘lgan bolalar bo‘yicha. Menyu-talabnoma va hisobdan chiqarish o‘zi shakllanadi.

3
Hisoblar o‘zi tayyorlanadi

Kelmagan kunlar, qayta hisob, chegirmalar, imtiyozlar — sizning bog‘changiz qoidalari bo‘yicha. Qarzlar bitta ekranda.

4
Ota-ona o‘z bolasini ko‘radi

Keldi, ketdi, nima yedi, qancha qarzi bor. Bog‘chaga qo‘ng‘iroqlar kamayadi, summalar bo‘yicha bahslar ham.

Eng muhimi — oshxona

Bu daftarda ham, oddiy dasturlarda ham yo‘q. Tizim har bir ovqatlanish vaqtini biladi: bolani nonushtadan keyin olib kelishsa, unga nonushta tayyorlanmaydi va mahsulot yozilmaydi. Tushlikdan oldin olib ketishsa — tushlik va kechki tamaddi olinadi.

Narxi qancha

Hamma uchun bitta narx. Hammasi ichida — modullar uchun qo‘shimcha to‘lov yo‘q.

55
— oyiga
hammasi ichida
20 000 so‘m bir bolaga
eng kam to‘lov — 600 000
  • ✓ Davomat va tabel
  • ✓ Ota-onaga hisob: kelmagan kunlar, chegirmalar, qarzlar
  • ✓ Ota-ona kabineti va Telegram-bot
  • ✓ Oshxona: texnologik kartalar va haqiqat bo‘yicha hisobdan chiqarish
  • ✓ Brakeraj jurnali, allergiya va tibbiy cheklovlar
  • ✓ Bir porsiyaning tannarxi
  • ✓ Mahsulot va ta’minot omborlari
  • ✓ Maktab moduli: jurnal, dars jadvali, yuklama
  • ✓ Bog‘cha va maktab bitta hisob ostida
  • ✓ Interfeysning uch tili

Joriy etish — bir martalik 900 000 so‘m: ma’lumotlarni ko‘chirish, menyuni sozlash, xodimlarni o‘qitish.

Oyiga eng kam to‘lov — 600 000 so‘m: tizim 30 va undan ortiq bolali bog‘chalar uchun mo‘ljallangan. 150 boladan boshlab shartlarni alohida kelishamiz.

Birinchi oy bepul. Shartnomani bekor qilganda jarima yo‘q.

Bolalar ma’lumotlari

Hammasi O‘zbekistondagi serverlarda saqlanadi: ma’lumotlar mamlakatdan chiqmaydi va chegaradan o‘tkazish masalasi umuman tug‘ilmaydi. Tarbiyachi moliyani hech qachon ko‘rmaydi, ota-ona faqat o‘z bolasini ko‘radi, ma’lumotlarga har bir murojaat jurnalga yoziladi. Ishlov berish topshirig‘i shartnomaga kiradi.

Bir oy bepul

Ariza qoldiring — qo‘ng‘iroq qilamiz va tizimni sizning bog‘changiz raqamlarida ko‘rsatamiz. Demo versiyaga esa hoziroq, shu sahifada kirasiz.

Ariza yuborish orqali siz shartlarni qabul qilasiz: ommaviy oferta